RSHTYoIM da 2025-yil uchun tayanch doktorantura (Phd) va doktoranturaga (DsC) quyidagi ixtisosliklar bo’yicha 2024 yil 5 sentyabrdan 5 oktyabrgacha tanlovga Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz) orqali xujjatlar joylashtirish mumkin!!
14.00.40 Shoshilinch tibbiyot
14.00.37 Anesteziologiya va reanimatologiya
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1. Ariza - Ilmiy-tadqiqot instituti direktori nomiga
2. Qisqacha biografik maʼlumot (obʼektivka - namuna 3.5 shakl boʼyicha oʼzbekcha va ruscha shaklda).
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisida diplom nusxasi.
5. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
6. Ish joyidan tavsifnoma
7. Pasport nusxasi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa)
9. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat “B1” daraja.
Barcha xujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz) orqali roʼyxatdan oʼtgan holda yuboriladi.
Ma’lumot uchun telefon: 90 001 48 02