E‘ L O N
(RShTYOIM Veb-saytida https://emerge-centre.uz/residency/ va telegramm kanalda https://t.me/rrcem.)
Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markazi qabul komissiyasi, Sog’liqni saqlash vazirligining 17.07.2024 yildagi 238 - sonli buyrug’iga asosan, 16 xil yo’nalishda klinik ordinaturaga xujjatlarni bevosita hamda ON-LINE tarzda qabul qilishni e’lon qiladi.
Mutaxassislik bo’yicha yo’nalishlar:
1. Anesteziologiya-reanimatologiya
2. Umumiy xirurgiya
3. Neyroxirurgiya – o’qish muddati 3 yil
4. Kardioxirurgiya – “umumiy xirurgiya”ni bitirganlar xujjat topshirish mumkin, o’qish muddati 3 yil
5. Urologiya
6. Travmatologiya va ortopediya
7. Ichki kasalliklar (terapiya)
8. Kardiologiya
9. Nevrologiya
10. Tibbiy radiologiya
11. Pediatriya
12. Bolalar xirurgiyasi
13. Bolalar anesteziologiya va reanimatologiyasi
14. Transplantologiya – “umumiy xirurgiya” va “bolalar xirurgiyasi”ni bitirganlar xujjat topshirishi mumkin, o’qish muddati 3 yil
15. Patologik anatomiya – tibbiy profilaktika ishi bo’lgan bitiruvchilari xujjat topshirishi mumkin
16. Shoshilinch tibbiy yordam
Klinik ordinatura (rezidentura)ga kirish uchun talabgorlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
1. RShTYoIM Bosh direktori t.f.d. D.B. Tulyaganov nomiga ariza (qo’lda yozilgan, namunaga asosan)
2. Pasport nusxasi;
3. Diplom va uning ilovasining nusxalari;
4. Xarbiy bilet yoki propisnoy nusxasi;
5. So’rovnoma
6. Tarjimai xol (namunaga asosan);
7. Tibbiy ko’rikdan o’tganligi haqida ma’lumotnoma (086 –U – shakl)
8. 3x4 fotosurat (8 dona)
Xujjatlar telegram manzilda (+998 99 9378525) qabul qilinadi.
Klinik ordinatura (rezidentura)ga xujjatlar qabul qilishni ommaviy axborot vositalarida tanlov e’lon qilingan kundan boshlab, joriy yilning 20 avgustigacha (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Qabul bo’yicha mas’ul kotiblari: t.f.d. Atadjanov Sh.K., b.f.n. Sabirova F.M. Ma’lumot uchun telefonlar: (71) 279 95 50