Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan qayd etilganidek, so‘nggi yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish, tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazi faoliyatini takomillashtirish, hududlarda yuqori texnologiyali davolash usullari va raqamli yechimlarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bugungi xalqaro muloqot o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni rivojlantirish va shoshilinch tibbiy yordam sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Xalqaro kongress kun tartibidan O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Yaponiya, Avstriya, Ozarbayjon, Moldova, Polsha, Latviya, Estoniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi qator davlatlar vakillarining 160 dan ortiq ma’ruzalari o‘rin olgan.
Videolavha


